18:22 / 06.07.2022
1 647

«Chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan» — Prezident

«Chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni damda o‘tayotgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston mavzusini davom ettirdi:

«Albatta, bu voqealar bir kunda yoki o‘n kunda tashkil qilingan emas. Bu harakatlarga chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan. Ularning asl maqsadi O‘zbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

Bo‘lib o‘tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda. Bu jarayonga xolis tomonlarni, ya’ni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.

Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yo‘ldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona o‘rganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.

Shu o‘rinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan noto‘g‘ri kuch ishlatilgan bo‘lsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi ta’minlansin
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Chetdagi g‘arazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik ko‘rilgan» — Prezident