20:06 / 06.07.2022
1 213

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi bo‘yicha 61ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi bo‘yicha 61ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi
Foto: AOKA
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari qurilish sohasida qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, davlat dasturlari ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar mas’ul shaxs intizomiy va 359 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori Farrux Sultonovning ma’lum qilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi hamda viloyat va tuman – shahar prokurorlari rahbarligidagi hududiy shtablar tomonidan Investitsiya dasturidagi joriy yilda yangidan boshlanuvchi 1417 ta ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ularning 1407 tasi ekspertizadan o‘tkazilgan. Jumladan:
  • “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlaridagi 5 947 ta ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 5 564 tasi ekspertizadan o‘tkazilgan;
  • “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 499 ta ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 437 tasi ekspertizadan o‘tkazilgan;
  • dasturlardagi ob’ektlar uchun ajratilgan mablag‘ning 5 trln so‘mdan ortig‘i yoki qariyb 24 foizi moliyalashtirilib, pudrat tashkilotlari tomonidan 4,5 trln so‘mlik ishlar bajarilgan;
  • Investitsiya dasturidagi 50 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturidagi 125 ta ob’ektlarda ishlar sifatli yakunlanib, foydalanishga topshirilgan;
  • dastur ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika shtabi tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Ushbu o‘rganishlarda aniqlangan muammolarni hal etish, jumladan, ob’ektlarda sifatli mahalliy qurilish materiallarini ishlatish, loyihalarni optimallashtirish hamda yangi texnologiyalardan foydalanish choralari ko‘rildi.

Dasturlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar mas’ullar intizomiy va 359 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qurilish sohasida qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.

Shtablar tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish masalalari ham o‘rganib chiqilmoqda.

Xususan, respublika shtabi tomonidan qurilish-pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini yuritish va elektron tender savdolarini o‘tkazish tartibidagi ayrim holatlar ko‘rib chiqildi. Mazkur masalalarni ko‘rib chiqish jarayonida loyiha va pudrat tashkilotlari ham bevosita jalb etilib, ularning fikr va takliflari olindi.

Muhokamalar natijasiga ko‘ra amaldagi qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini hamda elektron tender savdolari o‘tkazishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi.Ushbu takliflar reyting yuritish va elektron tender o‘tkazishda halol raqobat hamda adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish, mazkur jarayonlarda inson omilini keskin qisqartirish va pudrat tashkilotlarining haqiqiy salohiyatini aniqlashga xizmat qiladigan tizim yaratishga qaratilgan. Hozirda takliflar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda
”, dedi Farrux Sultonov.

Qayd etilishicha, Respublika shtabi tomonidan davlat dasturlariga kiritilgan ob’ektlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari sifati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadlar uchun Telegram’da “QURILISHDA NAZORAT” maxsus boti ishga tushirilgan hamda ishonch telefoni tashkil etilgan.

Mazkur bot orqali fuqarolarimiz tomonidan o‘z yashash hududidagi davlat dasturiga kiritilgan ob’ektlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari haqida prokuratura organlarida tashkil etilgan shtablarga foto lavhalar bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar yuborishlari hamda ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

Bildiriladigan har bir xabar Respublika shtabi tomonidan nazoratga olinib, qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi. Fursatdan foydalanib, barcha fuqarolarimizdan davlat dasturlaridagi ob’ektlarda sifatsiz qurilish yoki boshqa salbiy holatlarning guvohi bo‘lgan taqdirda, Telegram-botdan foydalanib, shtablarga xabar berishlarini va shu orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, deydi Farrux Sultonov.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning olti oyi davomida Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi hamda viloyat va tuman-shahar prokurorlari rahbarligidagi hududiy shtablar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 2413 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11427 ta loyiha monitoringga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi bo‘yicha 61ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi