Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida bir necha kishi ovqatdan zaharlandi.
Joriy yilning 6 iyul kuni soat 12:10 larda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Qo‘rg‘ontepa tuman Ijtimoyat MFY Bo‘ston ko‘chasi 170-uyda istiqomat qiluvchi 11.02.2006 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘. M o‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Bemorga zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilib, kasallik sabablari o‘rganilganda, bemor 2022 yil 5 iyul kuni tuman markazida joylashgan «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan nonbyrger sotib olib iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqaro yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasigaga murojaat qilishgan.
Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilgan. Hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Bemorlarga «o‘tkir gastroenterit» tashxisi qo‘yildi.
2022 yil 6 iyul 23:00 holatiga shifoxonada jami 37 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, ularning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingan.
Kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatildi va mahsulotlar tayyorlash xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi