1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar faqat Nukus shahridagina bo‘lmagan. Xorazmlik fermer Jabborberdi Ismoilov yashab, ishlab kelayotgan Shumanay tumanida ham unga va yaqinlariga hujum qilingan.
Xorazmlik fermer Jabborberdi Ismoilov 23 yildan beri Qoraqalpog‘istonda dehqonchilik qilishi, shu vaqtgacha og‘a-inidek birga ishlashganini aytadi.
«Biz erta bahorda Shumanayga kelamiz va noyabr oylarida, hosil yig‘ishtirib bo‘linganidan so‘ng o‘z uyimizga qaytamiz. 1999 yildan buyon shu zaminda dehqonchilik qilib kelamiz va biror marta bunday holat kuzatilmagandi.
O‘sha yili tug‘ilgan nabiram 23 yoshga kirdi. Biz mahalliy aholi bilan og‘a-inidek edik. Bilmadim, bu ziddiyat qayerdan paydo bo‘ldi.
Ishchilarim orasida mahalliy dehqonlar bor, o‘zim, farzandlarim, nabiralarim bilan dehqonchilik qilardik. Hamisha paxta va g‘alla rejalarini bajarardik, sholidan durust hosil olib kelayotgandik», deydi u.
Fermerning hikoya qilishicha, 2 iyulga o‘tar kechasi uning dalasiga mahalliy yigitlardan iborat guruh hujum qilgan va atrofga o‘t qo‘ygan.
«O‘sha kunlari dalamiz yonidagi vagonda uxlab yotgandik. Birdan atrof kunduzdagidek yorishib ketdi. Chiqsam bir necha joyga o‘t ketgan, kimlardir yugurib yuribdi. Nabiramni chaqirdim va birga chiqib ular tomon bordik. Bizni ko‘rib qochib ketishdi. Olovni amallab o‘chirib oldik. Lekin ular qaytib kelishdi va «Ket, yo‘qol yurtingga« deb haqoratli so‘zlar bilan baqira boshlashdi. Ayrimlarini tanidim, mahalliy yigitlar.
Ko‘plashib hujum qilganlaridan keyin nabiram bir tomonga, o‘zim qamishlar orasiga qochdim. Kelib qamishlarni urib rosa izlashdi. Topolmay qaytib ketishdi. Keyin borsam kombaynlarim, bir vagon ichidagi 150 mln so‘mlik ehtiyot qismlar yonib ketibdi. Hozir hujum qilganlarni tutib kelishdi, tergov davom etyapti», – deydi Jabborberdi Ismoilov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi