
Yuridik universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, universitetga abituriyentlar 5 ta fandan test sinovlarida ishtirok etishadi:
- joriy yilda universitet bakalavriati kunduzgi ta’lim shakliga 650 ta o‘rin ajratilgan. Shundan davlat granti asosida 25 ta, to‘lov-kontrakt asosida 625 ta o‘rinni tashkil etadi;
- 2022 yildan ilk marotaba masofaviy ta’lim shakliga ham qabul amalga oshirilmoqda. Qabul parametri 300 ta o‘rindan iborat;
- universitetga xorijiy fuqarolar bakalavriatga o‘qish uchun qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universtitetiga qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida universitetda joriy yilda kontrakt summasi stipendiyasiz taxminan ikki ming AQSH dollarini tashkil qilishi mumkinligi aytildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar