Majburiy ijro byurosi Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 25.04.2022 yildagi qarzdor korxonadan undiruvchi “UZKABEL” AJ QK foydasiga 4 mlrd. 36 mln. 665 mirng so‘m asosiy qarz va 21 600 so‘m pochta harajati undirish yuzasidan 23.05.2022 yilda qo‘zg‘atilgan ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro ishi bo‘yicha qarzdor korxonaga sud hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lash uchun 15 kunlik muddat berilgan. Biroq, qarzdor korxona tomonidan ixtiyoriy muddatda 500 mln. so‘m qisman to‘lab berilgan, xolos. Shundan so‘ng, bo‘lim davlat ijrochisi O.Sadatov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning bankdagi hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi yuborilgan va qarzdorga tegishli mol-mulklarga ta’qiqlar qo‘yilgan.
Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatning hisob raqamidan 3 mlrd. 536 mln. 665 ming so‘m asosiy qarz va 21 600 so‘m pochta harakatlari to‘liq undirib olinib, undiruvchi “UZKABEL” AJ QKning hisob raqamiga o‘tkazib berildi va ijro ishi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi