
Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (Vashington) direktori Svante Kornel Qoraqalpog‘istondagi vaziyatga izoh berdi.
Svante Kornelning ta’kidlashicha, Qoraqalpog‘iston sovet davridagi iqtisodiy siyosat qurboni bo‘lib qolgan, bu esa ushbu yirik mintaqada sog‘liqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga halokatli ta’sir ko‘rsatgan. Lekin prezident Shavkat Mirziyoyevning hokimiyat tepasiga kelishi bilan respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilash uchun hududga muhim sarmoyalar kiritildi.
Ekspertga ko‘ra, 2022 yilda chetda harakat qilayotgan tashqi kuchlar konstitutsiyaga taklif qilinayotgan o‘zgarishlardan foydalanib, Qoraqalpog‘istonda tartibsizliklar keltirib chiqargan.
Ushbu tartibsizliklarning to‘satdan va uyushqoqlik bilan tashkil etilgani, ular asosan internetda faoliyat yurituvchi kichik separatistik harakatning ishi bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, tashqi kuchlar, shubhasiz, bunda ishtirok etgan. Lekin Nukusga kelgan prezident Mirziyoyevning tezkor munosabati, Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibidagi maqomi haqidagi bandlarni o‘zgarishsiz qoldirishga va’da berishi ularning beqarorlashtirish bo‘yicha rejalarini barbod qildi.
Qoraqalpog‘istonShavkat MirziyoyevIqtisodiy SiyosatIjtimoiy TurmushTashqi KuchlarTartibsizliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing