00:27 / 12.07.2022
4 154

Erini o‘ldirish uchun 30 ming dollarga odam yollagan andijonlik ayol onalik huquqidan mahrum qilindi

Erini o‘ldirish uchun 30 ming dollarga odam yollagan andijonlik ayol onalik huquqidan mahrum qilindi
Erini o‘ldirish uchun 30 ming dollarga odam yollagan andijonlik ayol turmush o‘rtog‘ining da’vo arizasiga asosan to‘rt nafar farzandiga bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki yil avval Farida Tursunova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) rashk oqibatida kelib chiqqan mojaro ortidan turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga qasd qilgan. Buning uchun 30 ming dollarga qotil yollab, kelishilgan mablag‘ning ma’lum qismi hamda tilla taqinchoqlarni dastlabki to‘lov sifatida «suiqasd ijrochisi»ga berayotgan chog‘da tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudining 2020 yil 17 sentabrdagi hukmi bilan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra qotillikni nihoyasiga yetkaza olmagan ayol Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, unga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng mahkumaning turmush o‘rtog‘i Alisher Mansurov fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga ayoli ayni paytda qamoqda ekanligi, ushbu holat farzandlarining ruhiyati va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirib, Farida Tursunovani onalik huquqidan mahrum qilishni so‘rab, da’vo ariza kiritgan. Sudning hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talabi qanoatlantirilib, javobgar to‘rt nafar qiz farzandlariga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilingan.

Viloyat sudi sudyasi Gulnoraxon Asranovaning qayd etishicha, keyinchalik javobgarning vakili fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati keltirgan.

«Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona o‘z bolalarining hayoti va sog‘lig‘iga yoki eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilish belgilangan. Da’vogarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida so‘ralgan voyaga yetmagan farzandlari o‘z tushuntirishlarida otasi bilan yaxshi yashab kelayotganliklarini, onasi bilan ko‘rishishni istamasliklarini, onasi bilan birga yashagan davrida ularni ko‘p marta urganligini, otasini o‘ldirmoqchi bo‘lganligini, hatto onasining boshqa qarindoshlari bilan ham ko‘rishishni istamasliklarini bayon qilgan. Shu sababli viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ajrimiga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirilib, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirilmadi», — deydi Gulnoraxon Asranova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erini o‘ldirish uchun 30 ming dollarga odam yollagan andijonlik ayol onalik huquqidan mahrum qilindi