22:51 / 12.07.2022
1 514

Sudni hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxsning o‘ziga ish ochildi...

Sudni hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxsning o‘ziga ish ochildi...
Toshkent shahrida sudni hal qilib berishni va’da qilgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2021 yil 15 avgust kunidan to 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt 41 yoshli O.X. tanishi 75 yoshli M.Sh.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rilayotgan ishini ijobiy xal qilib berishini, tanishlari ko‘pligini va yuridik sohadan xabardor ekanligini aytib, Mirobod tumani Mironshox ko‘chasida joylashgan uylarning oldida fuqaro M.Sh.dan jami 25.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudni hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxsning o‘ziga ish ochildi...