Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Sudyalar oliy Kengashi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunali Akbarovni «O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil» esdalik nishoni bilan taqdirladi.
Bosh prokuror tomonidan sud tizimi vakili taqdirlanishi ko‘p uchramaydigan holat, ammo ajablanarli emas. Chunki, har ikki tizimning ustuvor maqsadi bitta: jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash. Shuningdek, huquqiy targ‘ibot, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishdek masalalarda ham ikki tizim faoliyatida uyg‘unlik aks etadi.
Bu boradagi ishlar samaradorligi esa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik va matbuot kotiblarning faolligiga bog‘liq.
Tursunali Akbarovning taqdirlanishi uning huquqiy sohaga ixtisoslashgan jurnalist sifatida ko‘p yillik faoliyati e’tirofi hamda Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi vazifasidagi kamtarona mehnatlariga berilgan e’tibordir, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
«Zamin.uz» jamoasi Tursunali Akbarovni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?