Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 03.04.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.Bekmetovdan undiruvchi B.Kalandarovaning bir nafar farzandi ta’minoti uchun farzandi voyaga yetgunga qadar uning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlari hisobidan ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan, olingan ma’lumotlarga ko‘ra qarzdor A.Bekmetov Beruniy tumanida faoliyat yuritib kelayotgan xususiy firmalarining birida ishlab kelgan va qarzdorning aliment nafaqa pullari ish haqi hisobidan muntazam ravishda undirilib, undiruvchi B.Kalandarovaning nomidagi plastik kartasiga o‘tkazilib kelingan.
Taraflarga olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, sobiq turmush o‘rtoqlarning o‘zaro kelishuvi asosida, farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment nafaqasi 100 mln. so‘m qarzdor A.Bekmetov tomonidan to‘lanib, undiruvchi B.Kalandarovaning nomidagi shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazilib berildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-modda, 1-bandiga asosan amalda ijro etilib tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi