12:15 / 14.07.2022
1 293

DXX Qashqadaryoda bir guruh «jihodchilar»ni ushladi

DXX Qashqadaryoda bir guruh «jihodchilar»ni ushladi
Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryoda bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Qayd etilishicha, Kitob tumanida yashovchi, 1998 y.t. Q.T. 2020-2021 yillarda Rossiyada ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlarda «Jihodchilar» DEO a’zolari ta’siriga tushadi.

Kitobga kelgach, o‘z atrofidagilarga oqim g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Shuningdek, u internetda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ko‘rsatmalari asosida «RF-Turkiya yo‘nalishi orqali ularning safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Qarshi tumanida yashovchi, 1985 y.t. R.S. 2021 yilda Saudiya Arabistonida ishlash davrida «Jihodchilar a’zolari ta’siriga tushgan hamda ular bilan aloqa o‘rnatib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. Yashash manziliga qaytganidan keyin ham targ‘ibot bilan shug‘ullangan.

Qarshi shahrida yashovchi, 1993 y.t. J.M. «Jihodchilar» ta’siriga tushib, «Telegram»da guruh va kanal tashkil qilgan va ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan. Qarshi shahar sudi hukmiga ko‘ra, yolg‘iz onaligi va 9 oylik farzandi borligi hisobga olinib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Qashqadaryoda bir guruh «jihodchilar»ni ushladi