15 iyuldan yuridik shaxslar uchun ham elektr va gaz narxi oshirilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14 iyul kuni qabul qilgan tegishli qarorida belgilangan.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hamda narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish ishlarini puxta tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022 yil 30 iyundagi 348-son qarorining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.
Shu munosabat bilan yuridik shaxslar uchun ham gaz va elektr narxi vaqtincha oshmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyun kuni hukumatning 348-son qarori loyihasining muhokama jarayonlari yakunlangan va 1 100 dan ortiq taklif va e’tirozlar kelib tushgani aytilgandi. Shuning uchun, energoresurslar uchun narxlarni dastlab yuridik shaxslar uchun erkinlashtirishga qaror qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi