14:13 / 17.07.2022
1 297

Dehqonobod hokimi Qashqadaryoda qaysi hokimlar OAV uchun ochiqligini aytdi

Dehqonobod hokimi Qashqadaryoda qaysi hokimlar OAV uchun ochiqligini aytdi
Zoir Aliqulov.
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov viloyatdagi hamkasblarining OAVga qay darajada ochiqligi haqida gapirdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov ishtirokida kecha, 16 iyul kuni Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida OAV vakillari hamda blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil qilingan. Matbuot anjumanida hokim OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berish barobarida hamkasblari orasida OAVga ochiq bo‘lgan hokimlar haqida ham fikr bildirgan.

Hokim bloger Jonibek Norqulovning «hamkasblaringizdan aynan kimlarni OAV uchun ochiq deb ayta olasiz», degan savoliga «Hamkasblarimdan Shahrisabz tumani hokimi va G‘uzor tumani hokimlarining OAVga bo‘lgan ochiqligiga, shuningdek, viloyatimiz rahbarining ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan e’tiborini ko‘rib, havas qilaman.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar hokimining ham barcha OAV vakillari uchun doimo ochiqligini ko‘ramiz. O‘ylaymanki, Qashqadaryoda OAV vakillari uchun to‘siq qo‘ygan yoki ulardan qochadigan hokimlar yo‘q. Barchasi OAV uchun ochiq va oshkora.

Faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilgan rahbar OAVdan qo‘rqmaydigan, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munozara qilishga tayyor rahbar bo‘ladi. Tan olamiz, siz jurnalistlarning savollaringizga ba’zan qanday javob berishni bilmaydigan yoki OAV vakillaridan qochayotgan rahbarlarni ham ko‘rganmiz
», — deya javob bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqonobod hokimi Qashqadaryoda qaysi hokimlar OAV uchun ochiqligini aytdi