06:30 / 18.07.2022
1 247

Jizzaxda maktab qurilishini tendersiz olib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Jizzaxda maktab qurilishini tendersiz olib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Jizzax viloyati Jizzax shahrida yangi maktab binosi qurilishini tendersiz olib berish, yer maydoni hujjatini to‘g‘rilab berish uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro Arnasoy tumani hududida dehqonchilik qilish uchun bo‘sh yer maydoni izlab quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tanishi bilan uchrashgan. O‘zaro suhbat davomida ushbu fuqaro «Qishloq qurilish invest» MCHJda ishlovchi tanishi orqali yer maydonini to‘g‘rilab berishini, bundan tashqari, tuman hududida rejalashtirilgan yangi maktab binosi qurilishini tendersiz olib berishini aytgan. Toshkent shahridagi tashkilotda ishlab, Do‘stlik tumanida yashovchi shaxs ushbu xizmatlari evaziga 10 ming dollar so‘ragan.

Fuqaro maktab qurilishi va yer maydonlari ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra ajratilishini bilgandan so‘ng viloyat IIBga murojaat qilgan. Shunga ko‘ra, ishni hal qilib berishni aytgan fuqarolardan biri talab qilingan pullarni Paxtakor tumanida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida tanish shaxs ham qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda maktab qurilishini tendersiz olib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi