Hukumat qarori (399-son, 22.07.2022 y.) bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan «Ye-patrul» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
Barcha ma’lumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati «bodikamera»ga tasvirga olinadi.
Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki «Ye-patrul» tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
- shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
- shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
- shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.
Xodim shaxsni to‘xtatganda uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart.
Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
- uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
- qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
- shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
- jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...