1 881
Ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga bergan sovg‘alari suratlari ko‘rsatildi
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga taqdim etgan diplomatik sovg‘alari fotosuratlari namoyish etildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI xalqaro kongressida bo‘lgan Sputnik muxbiri xabar berdi.
Fotosuratlarda qurol-yarog‘lar, ot jabduqlari, turli zargarlik buyumlari, so‘zana - qo‘lda tikilgan dekorativ buyumlar, turli matolar, shuningdek, kiyim-kechak va aksessuarlar tasvirlangan.
Ta’kidlanishicha, to‘plam hajmi shunchalik katta-ki, uning katta qismi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj omborlarida saqlanadi.
Sputnik muxbirining yozishicha, to‘plamning ko‘lami va ko‘rkamligi o‘zbek san’atshunoslarida katta taassurot qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 22—24-iyul kunlari Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi — yangi renessans poydevori” VI xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»