
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Bo‘ka tuman bo‘lim bo‘lim ish yurituvida O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 11.02.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “SANTA GROUP AGRO” MCHJdan undiruvchi “TOSHKENTDONMAHSULOTLARI” AJ foydasiga 1.463.232.175 so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining amalga oshirgan ijro harakatlari davomida qarzdor “SANTA GROUP AGRO” MCHJning tegishli hisob raqamlariga band solinib, mol mulklari xatlangan.
Natijada qarzdor korxonadan aksionerlik jamiyati foydasiga 1.463.232.175 so‘m qarzdorlik to‘liq amalda undirilib,ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar