21:15 / 26.07.2022
1 464

Qidiruvdagi shaxs Yuqori Chirchiq tumanidan topildi

Qidiruvdagi shaxs Yuqori Chirchiq tumanidan topildi
Majburiy ijro byurosi Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 07.03.2008 yildagi qaroriga asosan qarzdor Yu.A.dan undiruvchi Sh.Sh. foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish haqida ijro hujjati imzolangan.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Yu.A. voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, 20.136.000 so‘mdan ortiq aliment qarzini to‘lamasdan, yashash joyini o‘zgartirganligi sababli, 24.03.2020 yilda qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida 20.07.2022 yil kuni Toshkent viloyati, Yuqori chirchiq tumani, Yangi turmush MFY To‘rtqo‘rg‘on ko‘chasida ijarada yashayotganligi aniqlanib, byuroning Dang‘ara tumani bo‘limiga olib kelindi va davlat ijrochisiga topshirildi.

Hozirda alimentni undirish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxs Yuqori Chirchiq tumanidan topildi