Qibray tumani adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-yarim yilligi davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari manfaatini ko‘zlab kiritilgan ta’sir choralari natijasida sudlarga 90 dan ziyod da’vo arizalari kiritilgan. Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan. Adliya bo‘limlari tomonidan hal etilgan masalalar qatoriga asosan mehnat huquqlarining buzilishi, pensiyaga oid muammolar, sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik bo‘layotgan turli holatlar tashkil qiladi.
Qibray tuman adliya bo‘limida ham jismoniy va yuridik shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 22 aprel kuni fermer xo‘jaligi rahbari A.B. tuman adliya bo‘limiga Qibray tumani xokimligi tomonining kompensatsiya puli to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib murojat qildi. Ushbu fermer xo‘jaligi rahbari A.B.ning arizasi o‘rganib chiqilib, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga “yetkazilgan zararni kompensatsiya tariqasi undirish” to‘g‘risida da’vo arizasi kiritildi. Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudida ushbu da’vo ishi qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib da’vo qanoatlantirildi. Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 29 apreldagi hal qiluv qaroriga asosan Qibray tumani xokimligi tomonidan 4.320.236,6 ming so‘mlik pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Zero, Adliya bo‘limlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning o‘zboshimchalik bilan va noto‘g‘ri talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bog‘liq holda ta’minlanishiga erishishdan iborat edi. Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yo‘l bosib o‘tirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi.
Adliya bo‘limlarining tashkil qilinganligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi deb ayta olamiz. Adliya bo‘limlari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini keng xalq ommasiga tushuntirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar amalga oshirilayotganligi yuqoridagi so‘zlarimizning dalili hisoblanadi. Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilayotganligi ko‘plab qonun buzilishlarining oldini olmoqda.
Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka berilgan takliflar ko‘plab byurakratik to‘siqlarni oldini olganligni ko‘rishimiz mumkin.
Bundan tashqari adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham ko‘plab targ‘ibotlar va boshqa amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, adliya bo‘limlari butun faoliyati davomida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklash bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirdi.
Qibray tumani adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi
Abdusattorov Jaxongir Jalolovich
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
yetakchi maslahatchisi
Abdusattorov Jaxongir Jalolovich
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»