
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 15.09.2021 yilgi ijro hujjatiga asosan qarzdor K.N.dan undiruvchi K.T. foydasiga to‘rt nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga uning qonunda ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilgach, qarzdor K.N. undiruvchi K.T. bilan o‘zaro kelishgan holda 26.07.2022 yil kuni farzandlarining 18 yoshgacha to‘lguniga qadar bo‘lgan vaqt uchun hisoblangan 82.500.000 so‘m miqdorda aliment pullarini qarzdor avvaldan tilxat asosida undiruvchi K.T.ga topshirdi va ijro hujjati tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar