Oila qurib, farzandli bo‘lishgan ayrim otalar, shunday ulug‘ ne’matga shukrona keltirish, farzandlarini tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish otaning asosiy burchi ekanligini tezda unitishadi.
Otalik - katta mas’uliyat, nafaqat farzandlar tarbiyasida, balki oilaning iqtisodiy ta’minlanishi ham erkak kishining zimmasida.
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, Byuroning Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 25.04.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor T.A.Xolmurodovdan undiruvchi S.Sh.G‘aybullayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, qarzdor ijro hujjati talabini chetlab o‘tishga harakat qilib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lamay kelganligi sababli qarzdorlik yuzaga kelgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi A.Mexriddinov tomonidan aliment qarzdorligi qayta hisob-kitob qilinib, to‘lanmay qolgan 12 mln. so‘m aliment qarzdorligining undirilishi ta’minlandi.
Ijro harakatlari davomida undirilgan 12 mln. so‘m miqdordagi aliment pullari undiruvchi nomiga AT “Aloqabank” Buxoro filiali tomonidan ochilgan bank plastik kartasiga ko‘chirib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?