
Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, qo‘mita tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasi Qizilsuv bo‘limida o‘rnatilgan videoqopqonda Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining tasvirlari muhrlangan.
Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i sut emizuvchilar sinfiga mansub yirtqich hayvon bo‘lib, Pomir, Tyan-Shan, Himolay va Hisor tog‘larida yashaydigan ayiqlarning kenja turi hisoblanadi.
Mazkur ayiq turi O‘zbekiston Qizil kitobiga yo‘qolib borayotgan tur maqomi bilan kiritilgan. Tyan-Shan ayig‘i “Hisor” davlat qo‘riqxonasining G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlari hududida uchraydi.
Qayd etilishicha, Tyan-Shan ayig‘i Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar