Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha brifing chog‘ida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining aytishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida imzolanishi mo‘ljallangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi.
“Bunday hujjat, birinchi navbatda, yuqori darajada tayyor bo‘lgan Samarqand deklaratsiyasi”, dedi vazir.
Shuningdek, Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bir qator boshqa hujjatlar, xususan, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bilan bog‘liq hujjatlar ko‘rib chiqilgan.
“Bu borada ikkita hujjatni ajratib ko‘rsataman: birinchisi, transport yo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligi konseptsiyasi. Ikkinchi hujjat ham kelgusidagi ishlarimiz uchun muhim - bu o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”, dedi diplomat.
Shuningdek, Lavrov vazirlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng tashkil qilingan brifingda SHHT davlatlari AQSH dollaridan voz kechishi borasidagi savolga javob berdi.
“Buni SHHTga a’zo bo‘lgan davlatlarning o‘zi hal qilishi kerak. Dollarga tayanib o‘zini qanchalik qulay his qilishi, ushbu valyutaning ishonchliligi hamda suiiste’mol qilinishi holatlarini hisobga olgan holda. Amerikaliklar buni qator davlatlarda bir necha marotaba ishlatishgan.
Ishonchim komilki, SHHT davlatlarining tahlil markazlari [dollar bilan bog‘liq] vaziyatga baho berib, xulosa qiladi hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqib amaliy qadamlar tashlaydi. Bugun davlat rahbarlari [tasdiqlashi] uchun ma’qullangan yo‘l xaritasi ham vaziyat qay tomonga ketayotganini ko‘rsatib turibdi”, – dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Lavrov energetika, transport, raqamlashtirish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalar, sog‘liqni saqlash sohasi, shuningdek, madaniyat va sport kabi insonparvarlik tashabbuslarining katta paketi tayyorlanganini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, xususan, SHHT sport o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining aytishicha, joriy yilda yangi institut joriy etiladi, uning faoliyati SHHTni dunyoda ommalashtirishga qaratilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon SHHTning madaniy va sayyohlik poytaxti tanlanadi – ayni damda Hindiston shaharlaridan biri bunday maqomga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi