Samarqandda Kushonlar davriga oid tangalarni chetga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi (foto)

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Samarqanddan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand—Vnukovo yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tanga, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metall hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin emas.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Samarqanddan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tangani olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand—Vnukovo yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Natijada fuqaroning bagaj sumkasidan Kushonlar davriga oid 5 dona qadimiy tanga, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metall hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Ma’lumot uchun, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin emas.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0
…