Ba’zi otalarga hayron qolasan, turmush o‘rtog‘i farzandi ko‘rganida yaxshi niyatlar bilan qarindosh-urug‘ va o‘rtoqlariga bazmlar uyushtirib, to‘ylar qilgan ota, bugunga kelib farzandidan umuman xabar olmasa.
Oilasidan ajrashgan bo‘lsa, bolada nima ayb, axir bu bola o‘zining farzandiku, nohotki shunday oddiy haqiqatni tushunmasa.
Otalik katta mas’uliyat, nafaqat farzandlar tarbiyasida, balki oilaning moddiy ta’minoti ham erkak kishi zimmasida, zero u oilasidan ajrashgan bo‘lsa ham.
Endi turmushidan ajrashgan onalarni ko‘z oldingizga keltiring, ular aliment pullarini o‘z vaqtida olishmasa, bolalar nima yeb-ichishadi. Aliment to‘lamay, Byuro organlaridan yashirinib yurgan otalar shu haqida o‘ylasharmikan.
Xuddi shunday otalik mas’uliyatini unutgan Buxoro tumanida tumanida yashovchi otaga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo berildi.
Byuroning Buxoro tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 22.05.2020 yildagi qarzdor B.Hasanovdan undiruvchi G.Sadullayeva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelib, Byuro organlaridan yashiringanligi sababli davlat ijrochisi tomonidan 20.06.2022 yilda qarzdorga nisbatan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qarzdor Buxoro shahar “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan “Avtoshina ta’mirlash” ustaxonasida ishlab kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan va o‘tkazilgan qidiruv tadbiri natijasida ushlangan.
Qarzdor alimentdan bo‘lgan 16 mln. 270 ming so‘m qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.
Sud qarori bilan qarzdor B.Hasanov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Balki bu jazo ma’suliyatini ununtgan ota uchun saboq bo‘lar, buni albatta vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi