
Norin tumani hududida joylashgan Uchtepa-2 arxeologiya ob’ektini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish bo‘yicha taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ob’ekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan ochib o‘rganilgan va bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Uchtepa-2 o‘rnida qadimgi Xaylam shahri otashparastlar ibodatxonasi joylashgani aniqlangan. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Qazishma ishlari vaqtida rohib va rohibalarga tegishli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq o‘choq izlari hamda sopol idish siniqlari topilgan.
Uchtepa-2 da o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar ibodatxona yong‘in natijasida vayron bo‘lganini ko‘rsatgan. Ruhoniylarga tegishli ekani taxmin qilinayotgan jasad qoldiqlaridan esa o‘tkir tig‘li qurol bilan yetkazilgan zarba izlari topilgan. Ushbu topilmalar va yong‘in izlari ibodatxonada jang olib borilganidan dalolat beradi.

Mazkur tarixiy ob’ekt Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda konservatsiya qilingan.
Turizm va Madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan Uchtepa-2 arxeologiya ob’ektining devor va tom qismlarini issiq va sovuqdan saqlash uchun izolyasiya ishlari amalga oshirilishi va ob’ektda doimiy bir xil haroratni saqlash maqsadida sovutish hamda isitish uskunasi o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar