Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Yashnobod tuman DSIning 29.06.2022 yildagi qaroriga asosan qarzdor “Naqlgazmaxsusqurilish” AJdan undiruvchi davlat foydasiga 12 mlrd. 402 mln. 053 ming so‘m soliq qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, ijro hujjati davlat ijrochisi A.Raxmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Dastlab qarzdorga ijro hujjati yuzasidan huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib, belgilangan tartibda ixtiyoriy muddat berilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilib, unga tegishli barcha valyuta, maxsus blok va ikkilamchi hisob varaqlar aniqlanilib, hamda qarzdorning nizomidan nusxa olinib, asosiy vositalarga va qarzdorga tegishli bo‘lgan barcha ko‘char va ko‘chmas mol-mulklariga band solingan.
Qarzdorga tegishli band solingan mulklarni davlat ijrochisi tomonidan realizatsiya qilish choralari ko‘rilgan. Shu davrda 14.07.2022 yildagi to‘lov topshiriqnomaga asosan davlat foydasiga jami 12 mlrd. 402 mln. 053 ming so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.
Yuqoridagilarga asosan ijro ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro hujjatini amalda tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin