16:00 / 08.08.2022
1 274

«Paynet»ni xususiylashtirish jarayonlari boshlandi

«Paynet»ni xususiylashtirish jarayonlari boshlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, «UzPaynet» MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, «UzPaynet» MCHJ O‘zbekiston bozorida 2005 yildan buyon yirik to‘lov tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat yuritib keladi. Kompaniya «Paynet» to‘lov tizimi ishlab chiqaruvchisi va savdo belgisi egasi deb hisoblanadi.

Tizim orqali har kuni 1,3 milliondan ortiq to‘lovlar 25 ming to‘lovni qabul qilish punkti va shu nomdagi mobil ilova orqali amalga oshiriladi.

Mazkur to‘lov tizimiga 2005 yilda Botir Arifdjanov va uning sheriklari tomonidan asos solingan edi. Keyinchalik, brend egasi hisoblangan «UzPaynet» MCHJ davlat tasarrufiga o‘tgan, 2014 yildan buyon esa to‘liq AT «Xalq banki» muassisligida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

2021 yil yakuni bo‘yicha «UzPaynet» MCHJ ustav kapitali 378,5 mln. so‘m, sof aktivlari – 71,8 mlrd.so‘m, sof foydasi – 94,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Paynet»ni xususiylashtirish jarayonlari boshlandi