07:00 / 10.08.2022
1 413

Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida noqonuniy savdo qilayotgan ayol va IIB xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida noqonuniy savdo qilayotgan ayol va IIB xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi
Kadr: Videodan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimlari va ayol kishi o‘rtasidagi mojaro yuz bergani aytilgan xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning iyun—iyul oylarida Shayxontohur tumanidagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida fuqaro D.B. belgilanmagan joyda poliz mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan. Unga Chorsu bozori hududi ichidagi rastalarda savdo qilishi uchun joy taklif qilinib, noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan.

Shunga qaramay, belgilanmagan joyda, ya’ni piyodalar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘lakda savdo qilishni davom ettirgan. Bu kabi belgilanmagan joylarda noqonuniy savdo qilinayotgani holati yuzasidan shahar aholisi tomonidan ko‘plab e’tirozlar tushgan.

4 iyul kuni fuqaro D.B. ruxsat etilmagan joyda yana savdo qilayotgani aniqlangan va hududda xizmat olib borayotgan PPX inspektorlari tomonidan belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan tushuntirish o‘tkazilgan. Shunda D.B. xodimlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, xodimlarni haqorat qilgan, oqibatda ular o‘rtasida o‘zaro mojaro yuzaga kelgan.

D.B. yaqin oradagi IIBga olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. PPX xodimlari fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida noqonuniy savdo qilayotgan ayol va IIB xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi