Bu yil 12 avgust kuni “Yulduzlar yomg‘iri” o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, osmonda ochiq ob-havo sharoitida soatiga 110 meteorit yoki daqiqada bir-ikki meteorit uchayotganini ko‘rish mumkin. Ularni qulay ob-havo sharoiti va yorug‘lik kam joylarda kuzatish mumkin. Ammo, bu yil perseidlarni kuzatish uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda.
“Bu yilgi meteor yomg‘iri vaqtida Oy juda yorqin bo‘lganligi sababli ularning bir qismini oddiy ko‘z bilan ilg‘amaslik ehtimoli bor. Ammo, Osmon sferasining Oydan uzoqroq bo‘lgan qismlarida ularni bemalol tomosha qilsa bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “yulduzlar yomg‘iri” Yer 109P/Swift-Tuttle kometasi tomonidan chiqarilgan chang zarralari to‘plamidan o‘tayotganda hosil bo‘ladi. Ular yer atmosferasida yonib, yorqin chiziqlar hosil qiladi.
Persey yulduz turkumidagi meteor yomg‘iri harakatini 1 sentabrgacha kuzatish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi