Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
O‘zbekiston YHXX boshlig‘i nomiga soxta «vizitka» yasagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar YHXB boshlig‘i polkovnik Rafiqjon Jalilov nomiga yasalgan «vizitka» suratlari ham tarqaldi.
Tarmoqda tarqalgan xabarlarda ushbu «vizitka»ni olib yurgan Cobalt haydovchisi qoidabuzarlik uchun jarimalardan qutulib qolayotgani, YPX xodimlariga hurmatsizlik qilib, rahbari imzosi bilan qo‘rqitayotgani aytilgan. Poytaxt IIBB bunga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan tekshiruv o‘tkazildi. Tashrif qog‘ozidagi imzo kim tomonidan bajarilganligini aniqlash maqsadida sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlandi. IIV Ekspert-kriminalistik bosh markazining mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ekspertizaning 12 avgustdagi xulosasiga ko‘ra, tashrif qog‘ozidagi imzo IIBB YHXB boshlig‘i tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan bajarilgani aniqlandi.
Foto: Telegram / «Kompromatuzb»
Hozirda ushbu imzoni bajargan shaxsni aniqlash borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Shuningdek, bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqda surati tarqalgan «vizitka»ni olib yurgan Cobalt haydovchisi Z.S. so‘nggi bir yil ichida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Hozirda ushbu imzoni bajargan shaxsni aniqlash borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
«Tashrif qog‘ozi hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas hamda rasmiy hujjat bo‘lmaganligi sababli ushbu tashrif qog‘ozi hech kimga muayyan huquq hamda imtiyoz bermaydi.
Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan barcha YHXB shaxsiy tarkibiga yo‘llarda tashrif qog‘ozlarini ko‘rsatish holatlariga keskin chora ko‘rish va bu haqida darhol Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga axborot berish lozimligi haqida ko‘rsatma berilgan», — deyiladi poytaxt IIBB munosabatida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi