Jizzax shahrida uch kishi o‘rtasida yuz bergan janjal ularning ikki nafari pichoqlanishi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 8 avgust kuni soat 21:30 larda mavsumiy ishchilar — Zarbdor tumani «Taraqqiyot» mahallasi hamda Forish tumani «Bog‘don» qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 38 va 31 yoshli ikki fuqaro o‘zaro gaplashib turgan. Ularning suhbatiga kelib qo‘shilgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Qangli» qishlog‘ida yashovchi fuqaroning (1966 yilda tug‘ilgan) ko‘ylagi cho‘ntagidan zarbdorlik shaxs hazillashib 50 ming so‘m pulini olib qo‘ygan vaqtida janjal kelib chiqqan.
Nizo davomida bulung‘urlik shaxs sumkasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ushbu ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan, tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi