
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimligi tumandagi maktablar orasida eng yaxshi deb topilgan maktab direktorlaridan 3 nafarini Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahriga sayohatga jo‘natdi.
Hokimlik matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ular rahbarligi ostidagi maktablar joriy yil davomida tuman miqyosida o‘tkazib kelingan «5 tashabbus olimpiadasi doirasi», «Hokim olimpiadasi», «Bir oyda ikkita kitob o‘qiyman» kabi ko‘rik tanlovlarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Shu bois hokimlik tomonidan 13-maktab direktori Doston Rustamov, 14-maktab direktori Hotam Hasanov, 17-maktab direktori Hokima Idiyevaning Dubayga bepul sayohati tashkillashtirib berildi.
Maktab direktorlari 8 avgustdan 14 avgustgacha Dubay shahriga sayohat qilib, O‘zbekistonga qaytdi.
Buxoro ViloyatiG‘ijduvon TumaniMaktab DirektorlarSayohatga Jo‘natishHokimlik MatbuotTashabbus Olimpiadasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing