Videodan kadr
Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 18 avgust kuni soat 23:30 larda, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan 1010-kilometrida o‘nga yaqin transport vositasi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “ZIL-130” yuk mashinasi yo‘lda nosoz holda to‘xtab qolgan. Shu yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori Cobalt rusumli YPX xizmat mashinasida mayoqchalarini yoqib, harakat xavfsizligini ta’minlab turgan vaqtida Zomin tumanida yashovchi haydovchi yana bir “ZIL-130” yuk mashinasi bilan YPX mashinasining chap tomonini qirib o‘tib, oldinda nosoz holda to‘xtab turgan “ZIL-130”ning orqa qismiga urilgan.
Shundan so‘ng tirbandlik tufayli bir nechta transport vositalari yo‘lning qatnov qismida to‘xtab qolgan. Shu paytda orqadan kelayotgan Zomin tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi yana bir “ZIL-130”ning tormoz tizimi ishlamay qolgan.
Oqibatda, mazkur mashina Samarqand viloyatida yashovchi piyodani urib yuborib, harakatlanishda davom etgan va YPXga tegishli Cobalt xizmat mashinasining orqasidan urib, texnik shikast yetkazgan.
Mazkur YTH oqibatida, nosoz holda to‘xtab qolgan “ZIL-130” yuk mashinasining 2001 yilda tug‘ilgan haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»