Buni kimdir "bema’nilik" deb o‘ylashi mumkin. Boshqalar esa "Agar u chindan ham radikal bo‘lmasa va skeptik izlanuvchan bo‘lsa bo‘lishi mumkin" deyishadi…
Bir necha yil muqaddam Jastin ismli ateist YouTube’da "Empathetic Atheist" kanalini ochishga qaror qildi va u yerda din va ilm-fanni intellektual formatda haqorat va mazaxlarsiz muhokama qilishni boshladi. Jastin - bunday munozaralarga kirishishda ateistlarning qo‘llaydigan adabiyotlari va ma’lumotlari bilan qurollangan edi. Ateizmning eng zo‘r yulduzlari uning kanalida tez-tez mehmon bo‘lishgan. Hatto Jastin "Uchadigan makaron maxluqi" deb atalgan ateistik cherkovining hurmatli odami hisoblangan. (Ha, G‘arbda shunday cherkov bor, ateist bo‘lishsa ham inson ruhiyati bandalikka yo‘g‘irilgan-da baribir).
Jastining kanali Thought Adventure podkastidan 4 nafar musulmon bilan uchrashmagunicha yuqoridagi formatda davom etayotgan edi. Bu uchrashuvdan so‘ng Jastin va uning yonidagi boshqa ateistlar bilan musulmon yigitlar uzoq vaqt davomida jonli efirlarda faol bahslar o‘tkazdilar. Ularning bahs-munozaralari qizib borar va ular orasida faol muloqot boshlandi (hech qanday haqorat va so‘kishlarsiz, shunaqasi ham bo‘lar ekan). Jastin musulmonlarning argumentlarini o‘rganib, o‘z tarafidan qarama-qarshi kontrargumentlar keltirar edi. Buning uchun u o‘z kanaliga yetakchi ateizm himoyachilarini (masalan, Maykl Shermer, Mett Dillahunti, Aaron Ra, Grem Oppi va Lourens Krauss) ham taklif qildi.
8 oy ichida argumentlar va kontrargumentlar faol o‘rganilgandan so‘ng, Jastin 2021-yil Ramazon oyi boshlanishidan oldin Islomni qabul qildi!
Onlayn ateistlar jamiyati bu qarordan shokka tushgan edi. Darhol uning manziliga har xil nafratli gaplar yog‘ildi. Sobiq do‘stlari u bilan aloqalarini uzishdi, hatto unga o‘lim tahdidini qila boshlashdi va taniqli ateistlar uni «haqiqiy yo‘lga» qaytarish uchun u bilan uchrashishni boshladilar. Albatta, ateistlar orasida uning tanlovini qo‘llab-quvvatlaganlar ham bor edi. Natijada, Xalilulloh kanal nomini YEA Show (Argumentlarni o‘rganish) deb o‘zgartirdi va u hali ham qizg‘in muhokamalarni davom ettirmoqda, lekin endi u barrikadaning narigi tomonida turgan musulmon edi.
Manba: Muslim Mind “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin