2022 yil 4 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida muqaddam Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan X. B.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, X. B. Jinoyat kodeksining 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan. X. B. Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.
Sud uni 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 213 baravari miqdorida jarima jazosi qoldirilgan).
Ayni paytda birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan mazkur hukm qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, undan norozi tarafga 20 sutka ichida apellyatsiya tartibida shikoyat keltirishga yoki prokuror protest bildirishga haqliligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning boshlarida Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari fuqarodan 80 000 AQSH dollari talab qilib, 50 ming dollarini olayotganida qo‘lga olingan va keyinchalik mazkur jinoiy ishga X.B. ham jalb qilingan edi.
Mazkur jinoiy ish doirasida sudlangan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari U. Ya.ga nisbatan qabul qilingan sud hukmi haqida esa bir muddat avval xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin