06:30 / 22.08.2022
1 259

Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar
Bolalar yozning eng so‘nggi kunlaridan bahra olayotgan paytda, ularning ota-onalari allaqachon farzandlarini maktabga tayyorlash haqida o‘ylashni boshlagan. Hech nimani unutmaslik va eng yaxshi o‘quv qurollarini xarid qilish uchun tayyorgarlikni hozirdan boshlagan maqsadga muvofiq.

Maktab uchun xaridlar — har bir oila uchun yaxshigina xarajat. O‘quv yili uchun maktab qurollari, kiyim, poyabzal, sumka sotib olish kerak.

Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun sifatli, yaxshi mahsulotlarni hamyonbop narxlarda sotib olishni xohlaydi.

«Daryo» qanday qilib farzandlarni maktabga tayyorlash bo‘yicha yettita tavsiyani bir joyga jamladi.

1-tavsiya
O‘tgan yildan qolgan narsalarni tekshirib ko‘rish kerak. Agar bola 1-sinfga yo‘l olmayotgan bo‘lsa, bu tavsiya judayam dolzarb hisoblanadi.

Odatda maktab o‘quvchilarining barchasida yil so‘ngida o‘quv qurollari: daftarlar, ruchka-qalamlar, rasm chizish uchun albom, kraska, chizg‘ich, plastilin va boshqalar ortib qoladi.

Ularni ko‘rib chiqib, yana qo‘shimcha nima sotib olish to‘g‘risida qaror qilish maqsadga muvofiq.

Agar bola birinchi sinf o‘quvchisi bo‘lsa, maktabdan nimalar olish bo‘yicha ro‘yxat qilish tavsiya etiladi — shunda hechnima esdan chiqib ketmaydi.

2-tavsiya
Zarur xaridlar ro‘yxatini tuzib olish kerak. Albatta, do‘kon aylanib ko‘zga yaxshi ko‘ringan xamma narsani savatchaga solish yoqimli.

Biroq anchagina keraksiz buyumlarni sotib olish va keyinchalik hatto ulardan foydalanmaslik ham mumkin.

Shu sababli impulsiv xaridlar amalga oshirmaslik lozim — ular istalgan insonning hamyoniga katta zarar olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bolalarni maktabga tayyorlash to‘g‘risida gap borganda.

3-tavsiya
Katta savdo markazlari yoki yarmarkalarda kattaroq xaridlar qilish kerak. Maktab vaqti boshlanishidan oldin supermarketlar o‘quv qurollari uchun aksiyalarni e’lon qiladi.

Shuningdek, yirik savdo markazlari va bozorlar yaqinidagi joylarda maktab o‘quvchilari uchun yarmarkalar tashkil etiladi.

Maktab o‘quvchisiga ikkita kiyim, sport formasi va poyabzal kerak bo‘ladi. Bu xarajatlarning eng katta qismi, shuning uchun bu xaridlarni iloji boricha ertaroq amalga oshirish zarur.

Agar narxi, modeli va sifati qoniqtirsa, birdaniga ikkita maktab formasi sotib olgan yaxshi — ulardan bittasining o‘lchami sal kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.

Paypoq, futbolka, ro‘molcha, oziq-ovqat konteynerlari, qalam qutilari, qizlar uchun soch to‘g‘nog‘ichlari va boshqa kichik narsalar esa tez yo‘qoladi yoki eskiradi — ularni har mavsumda xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

4-tavsiya
Sifatli sumka xarid qilish. Maktab sumkasiga darsliklar, almashtirish kerak bo‘lgan oyoq kiyimi, maktab formasi va ovqat uchun kichik konteyner sig‘ishi lozim.

Bundan tashqari, u maktabdagi «janglar», chang‘ida uchish va yugurishga dosh berishi zarur.

Sumkaning qattiq ortopedik orqali va ko‘krakka mahkamlanadigan keng yelkali modelini tanlash maqsadga muvofiq.

Og‘irligi 1 kg dan oshmasligi zarur. Eng qulayini topish uchun bir nechta sumkalarni taqib ko‘rish muhim. Matoning suvga chidamliligini tekshirishni ham unutmaslik kerak.

5-tavsiya
Hamma narsani bir paytda sotib olmaslik kerak. O‘quv qurollari va forma sotib olishning eng yaxshi vaqti — yozning boshi va kuzning oxiri, odamlarda maktab uchun xaridlar qilish vahimasi hali boshlanmagan, yoki o‘tib ketgan hamda narxlar barqarorlashgan vaqtda.

Agar maktabga oldindan tayyorgarlik ko‘rishning iloji bo‘lmasa, «qaynoq mavsumda» faqat eng zarur narsalarni sotib olish kerak. Boshqa mahsulotlarni yil davomida birin-ketin xarid qilish mumkin.

6-tavsiya
Soddaroq – yaxshiroq. Ruchka va qalamlar, bo‘yoqlarning katta to‘plamlari — aslida bema’ni xarid.

Masalan, rangli qalamlar, plastilin va bo‘yoqlarning 36 xil rangdagi to‘plamlaridan o‘quvchi foydalanmaydi. Ular tez yo‘qolib ham qoladi. 12 talik to‘plamlar — eng optimal hisoblanadi.

7-tavsiya
Tamaddi uchun konteynerlar sotib olish kerak. Bugungi kunda sog‘liqni saqlash eng muhim masalaga aylanayotganda, farzandingizning xavfsizligi uchun sharoit yaratish eng asosiysi.

O‘quvchining ovqatlanishi muvozanatli va xilma-xil bo‘lishi kerak. Bolaning organizmi, ayniqsa, vitamin va minerallarga muhtoj bo‘ladi.

Bu nafaqat bolaning oshqozonini zararli ovqatlardan himoya qiladi, balki turli tamaddixonalarda va oshxonalarda begonalar bilan muloqot qilmasligiga yordam beradi.

Yodda tuting, moliyaviy rejalashtirishga ratsional yondashuv oila farovonligining asosidir.

Maqolada Markaziy bankning «Finlit.uz» saytidagi ma’lumotlardan foydalanildi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar