Foto: Toshkent viloyat IIBB
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘lda yashovchi fuqaro o‘zining og‘zini tikib olib murojaat qilgani, keyinroq tomdan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan videoxabarlar keng tarqalib, muhokamalarga mavzu bo‘lgandi.
Kuni kecha uning tuman IIB xodimi bilan sud binosida turgan surati tarqaldiki, ko‘plab OAV vakillari vaziyatga izoh berishni so‘rashdi.
Izohni Toshkent viloyat IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi — axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov berdi.
Tulyaganovning aytishicha, joriy yil 20 avgust kuni Yangiyo‘l tumanining «Xalqobod» MFYda yashovchi 1991 y.t. fuqaro S.T. ust kiyimlarini yechib, xonadon tomiga chiqqan va o‘zini pastga tashlashini aytib, baqirib atrofdagilarni yiqqan.
Voqea joyiga yetib borgan hududiy IIB xodimlari uni tinchlantirish va nima maqsadda bu ishni qilayotgani so‘rab, barchasini qonuniy tartibda hal etilishini bildirgan vaqtlarida, fuqaro IIO xodimlari va atrofdagi shaxslarni turli kurakda turmas so‘zlar bilan haqoratlagan, deyiladi izohda.
«S.T. baland ovozda so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan ushbu harakatlarini davom ettirgan.
Holat yuzasidan shu kuni JIB Yangiyo‘l tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida fuqaro S.T. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqaro sudda ma’lum qilishicha, o‘zini tomdan tashlashiga noma’lum bir ayol (bloger)ning kelib, unga «shantaj qilib, masalangni hal qilib yuribsan-mi?», degan so‘zlari turtki bo‘lgan».
Ma’lumot berilishicha, S.T. muqaddam jinoyat kodeksining 169 va 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanib, tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Yana bir ma’lumot: 19 avgust kuni Yangiyo‘l tuman hokimi va sektor rahbarlari og‘zini ip bilan tikkan S.T.ning uyiga borib, uning muammolarini o‘rganib, hal etish choralari ko‘rilishiga va’da berishgandi. O‘shanda tuman hokimi yaxshi gaplarni aytgandi (video): «Oktabr oyigacha to‘y qilamiz. To‘yxonasi mendan!». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi