1 081
O‘rtachirchiqda 2 nafar qarzdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgach 97 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi
Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosi ta’minlanib, bir qancha ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan sud qarorlariga asosan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan ham davlat ijrochilar tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari buyicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Abduraxmanovdan, undiruvchi foydasiga ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun 04.08.2014 yildan boshlab qarzdorning har oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan. Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan mazkur ijro ishi bo‘yicha aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumani sudi tomonidan 25.03.2022 yilda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ammo qarzdor B.Abduraxmanov tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 94 oy mobaynida 92.725.018 so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Bundan tashqari, Fuqarolik ishlari buyicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.Berdindan, undiruvchi Z.Ruzimatova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 30.01.2020 yildan boshlab qarzdorning har oylik daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor O.Berdin davlat ijrochisi tomonidan rasmiy ravishda ogohlantirilgan bo‘lsada aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi uchun jinoyat ishlari O‘rtachirchiq tumani sudining 07.04.2022 yildagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ammo qarzdor O.Berdin jazoni o‘tab chiqqanidan so‘ng ham bir necha marotaba qarzdorlikni bartaraf qilishi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan 8 oy mobaynida 5.923.714 so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
Shu sababli, B.Abduraxmanov va O.Berdinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari ayblov dalolatnomasiga asosan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tuman sudiga yuborilgandan so‘ng, mazkur jinoyat ishlari sudda mazmunan ko‘rib chiqilishi jarayonida qarzdorlar javobgarlikni his qilgan holda o‘ziga tegishli xulosa chiqarib, qarzdor B.Abduraxmanov jami 92.725.018 so‘m va qarzdor O.Berdin jami 5.923.714 so‘m alimentdan bo‘lgan qarzlarini to‘liq bartaraf qilib, undiruvchilar bilan yarashganliklari bois sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasiga asosan ularga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlari tugatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi