Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Nukus shahridagi «Amudaryo» mahallasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda 6 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. 2 ta sanoat korxonasi, 20 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida odamlar ish bilan band.
Yaqinda mahalladagi ichki yo‘llar, tabiiy gaz va elektr tarmoqlari ta’mirlandi. Yon-atrof obodonlashtirildi. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi qiyofasi yangilanib, sharoitlari yaxshilandi.
Ushbu maktab hovlisida mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbat bo‘ldi.
«Men Prezident sifatida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p Qoraqalpog‘istonga kelibman. Birinchi qadamlarimizdan bildikki, pastga tushsak, birlashsak, harakat qilsak, o‘zgarish qilsa bo‘lar ekan. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda katta yangilanish bo‘ldi. Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi, maktabgacha ta’lim qamrovi oshdi. Ko‘plab uy-joylar qurildi. Bunday o‘zgarishlarni sizlarning mahallangizda ham ko‘rib, xursand bo‘ldim», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuroniylar iyulda yuz bergan voqealar katta xato bo‘lganini, ayrim yoshlar adashganini aytdi. Asrlar davomida qoraqalpoq va o‘zbek bir tang‘u bir jon bo‘lib ketganlarini ta’kidlab, mamlakatga tinchlik-omonlik so‘rab duo qildi.
«Albatta bu barchamizni qattiq tashvishga soldi. Bu hodisalar Qoraqalpog‘iston xalqining xohish-irodasi emasdi. Qoraqalpoq elining vijdoni pok. Xalqimiz ‘et bilan tirnoq’. Ilohim, bunday ko‘ngilsizliklar boshqa bo‘lmasin, yurtimiz tinch, og‘zibirchiligimiz abadiy bo‘lsin», — deydi Prezident.
Shu bilan davlat rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi