date

Xitoylik milliarder Berluskoniga «Milan»ning 70 foiz aksiyasi uchun 700 mln evro taklif qildi

Xitoylik milliarder Berluskoniga «Milan»ning 70 foiz aksiyasi uchun 700 mln evro taklif qildi

Kun.uz saytida xabar berilishicha «Milan» jamoasi xo‘jayini Silvio Berluskoni jamoa aksiyalarining nazorat paketini qo‘lga kiritish bo‘yicha yangi taklif olgan.

Dunyoning eng boy kishilaridan biri bo‘lgan xitoylik milliarder, Galatioto Sports Group egasi Robin Li Berluskoniga jamoaning 70 foiz aksiyasi uchun 700 million evro taklif qilgan.

Agar bu taklif qabul qilinsa, dekabrga borib Berluskonida jamoa aksiyalarining 30 foizlik qismi qolishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri Il Giornale manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Ayni vaqtda 79 yoshga chiqqan Italiyaning sobiq bosh vaziri xitoyliklar bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

47 yoshli Robin Li Xitoydagi qidiruv tizimi bo‘lmish Baidu kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari hisoblanadi.

2015 yil yakunida Forbes Lini 15,3 milliard dollar miqdoridagi mablag‘i bilan xitoylik milliarderlar ro‘yxatida 5-o‘ringa joylashtirgandi.

Bundan oldin tailandlik investor Bi Techaubol «Milan»ning 48 foizlik aksiyasi uchun 480 million evro bermoqchi bo‘lgan, ammo u kelishilgan muddatgacha bu mablag‘ni to‘play olmagandi.

Forbes «Milan» jamoasini 775 million dollarga baholagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik milliarder Berluskoniga «Milan»ning 70 foiz aksiyasi uchun 700 mln evro taklif qildi