00:10 / 27.08.2022
1 635

Andijonlik qiz qozog‘istonlik ishbilarmonni 7,4 ming dollarga chuv tushirdi

Andijonlik qiz qozog‘istonlik ishbilarmonni 7,4 ming dollarga chuv tushirdi
Andijonda yashovchi 25 yashar M.M. qozog‘istonlik taniqli ishbilarmon M.S.ning 7 ming 400 dollar mablag‘ini internet orqali firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan. Bu haqda «Ishonch.uz» xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekchadan tashqari rus, ingliz, fransuz tillarida ham erkin muloqot qila oladigan qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali taniqli insonlar, jumladan, qozoq tadbirkori M.S.ning chiqishlarini ham muntazam kuzatib borgan. Uning rossiyalik A.F. bilan o‘zaro yaqinligini bilgach, Rossiyadagi uyali aloqa kompaniyasiga tegishli telefon raqamda A.F. nomidan Telegram’da soxta akkaunt yaratgan. So‘ngra M.S. bilan yozisha boshlagan.

Gap orasida fevral oyining oxirida amerikalik taniqli tadbirkor Uorren Baffet tomonidan Moskvada seminar-mashg‘ulot o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini, yakunda esa mazkur tadbirga chipta sotib olgan shaxslar bilan Baffet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishini, chipta narxi 650 dollar ekanini aytib, tadbirkorni ham taklif qilgan. Yolg‘on gaplarga laqqa tushgan M.S. esa 12 ta chipta uchun 7 ming 400 dollarni M.M.ning onasi nomiga ochilgan plastik kartaga o‘tkazib bergan. M.M. esa firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan bu mablag‘ni Andijon shahridagi bankomatlarning birida naqdlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bu xatti-harakatni u tadbirkorning ijtimoiy tarmoqlarda «o‘zini hech kim alday olmasligi» haqidagi chiqishlariga javob tariqasida amalga oshirganini ta’kidlagan.

Xorijlik ishbilarmon shundan so‘ng O‘zbekistondan advokat yollab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga arz qilgan.

Holat yuzasidan M.M.ga har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bunda sud jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq qoplangani hamda jabrlanuvchi vakilining da’vosi yo‘qligini inobatga olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik qiz qozog‘istonlik ishbilarmonni 7,4 ming dollarga chuv tushirdi