DXX tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida advokatlar faoliyatidagi noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.
Xususan, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MCHJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga 23 ming dollar talab qilib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.
Shu bilan birga, poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan 12 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, advokat go‘yoki sud idoralaridagi mansabdor tanishlarining imkoniyati orqali fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengil turdagi jazoga o‘zgartirib berish evaziga 9 ming dollar hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko‘rsatganligi uchun advokatlik to‘lovlarini amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, sudga harajat qilganligini ro‘kach qilib, ta’magirlik yo‘li bilan qo‘shimcha 3 ming dollar talab qiladi.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan boshqa yengilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 10 ming dollar berishni talab qiladi. DXX tomonidan IJQK departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi