
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Davlatobod tumanidagi 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari stol tennisi va shaxmat turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa nizomiga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha dastlab ishtirokchilar qur’a natijalariga ko‘ra guruhlarga bo‘lingan holda bahs olib borishdi. Har bir guruh ishtirokchilari bir-birlarini sinovdan o‘tkazdilar. Guruhlarda 1 va 2 o‘rinlarni egallagan xodimlar g‘oliblik uchun bahslarni davom ettirdilar.

Yarim finalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Byuroning viloyat boshqarmasi moliya-xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i B.Qo‘ziyev hamda inspektor A.Xamrayevlar finalga yo‘llanma olishdi. 3 ta bo‘limdan iborat final o‘yini barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Yakuniy natijaga ko‘ra B.Qo‘ziyev g‘olib bo‘lib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Yangi Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochisi O.Nomonov qo‘lga kiritdi.

“Aql gimnastika”si deya ta’rif beriladigan shaxmat musobaqasi ham qizg‘in va murosasiz kechdi. 8 nafar ishtirokchilar o‘zlarini iqtidorlarini namoyish etishib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Finalga yetib kelgan J.Kattaxo‘yev va M.Mullaxovlar o‘rtasidagi bellashuv qizg‘in kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra M. Mullaxov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin J. Kattaxo‘jayevga, 3-o‘rin esa B.Mirzayevga nasib etdi.
G‘oliblarga boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyati boshqarmasi
Namangan viloyati boshqarmasi
Yangi O‘zbekistonMusobaqa NizomiStol TennisiShaxmat MusobaqasiG‘oliblar DiplomNamangan Viloyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar