19:21 / 29.08.2022
1 087

Ko‘p uxlaydigan xodimlar kam uxlaydiganlariga qaraganda samaraliroq ishlashi aniqlandi

Ko‘p uxlaydigan xodimlar kam uxlaydiganlariga qaraganda samaraliroq ishlashi aniqlandi
Kembrij universiteti va Rand Yevropa hisobotiga ko‘ra, uyquning yetishmasligi mehnat unumdorligi past bo‘lishining eng katta omilidir. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan xodimning kuniga 7-9 soat uxlaydigan hamkasblariga qaraganda o‘rtacha ish unumdorligi 2,4 foizga pasayadi. Bu yiliga 6 ish kunini yo‘qotish bilan barobar.

AQSH iqtisodiyotida makro darajada har yili aholi uyqusizligi tufayli 1,23 million ish kuni yo‘qotilishiga olib keladi, bu taxminan 9,9 million ish soatiga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy xarajatlar
Rand Salomatlik jurnalida chop etilgan ilmiy maqolada olib borilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, kam uxlash AQSH, Angliya, Germaniya, Yaponiya va Kanada iqtisodiyotiga yiliga 680 milliard dollargacha yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.

Jumladan, aholi o‘rtasida uyqu yetishmasligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita iqtisodiy narxi:
  • AQSH YAIMning 2,28 foiz;
  • Germaniya YAIMning 1,56 foiz;
  • Yaponiya YAIMning 2,92 foiz;
  • Avstraliya YAIMning 1 foizni tashkil etadi.

AQSHda uyqu texnologiyalariga doir patentlar so‘nggi 10 yil ichida yiliga o‘rtacha 12 foizga oshgan.

Prognozlar shuni ko‘rsatadiki, 2026 yilga borib uyqu qurilmalarining umumiy qiymati global bozorda 32 milliard dollargachani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘p uxlaydigan xodimlar kam uxlaydiganlariga qaraganda samaraliroq ishlashi aniqlandi