10:45 / 30.08.2022
827

Yirtqich va zaharli hayvonlarni maxsus guvohnomasiz saqlash taqiqlanmoqda

Yirtqich va zaharli hayvonlarni maxsus guvohnomasiz saqlash taqiqlanmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
29 avgust kuni Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fraksiya a’zolari tomonidan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ta’kidlangandek, so‘nggi vaqtlarda yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish, to‘y, ma’raka, yubiley hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarda ular bilan birga kelish holatlari ortib bormoqda. Bu atrofdagi boshqa fuqarolar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirib, ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda.

Qonun loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni Ekologiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnomalarsiz yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan saqlash taqiqlanmoqda.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda saqlash, yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni hayvonot bog‘lari, terrariumlar, sirklar, okeanariylar, delfinariylar, tabiiy pitomniklar, ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun ilmiy va ta’lim tashkilotlarida saqlash faqatgina Ekologiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan guvohnoma asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasi yuzasidan fraksiya taklif va mulohazalari bildirilib, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirtqich va zaharli hayvonlarni maxsus guvohnomasiz saqlash taqiqlanmoqda