16:00 / 30.08.2022
1 040

Ijro harakatlari davom ettirilmoqda

Ijro harakatlari davom ettirilmoqda
Joriy yilning 24 avgust kunida ijtimoiy tarmoqlarning “effect.uz” sayti orqali “277 mlnlik xato: Prezident qaroriga zid harakat qilgan MIB fuqaroga zararni qayerdan olib, to‘laydi?” nomli tanqidiy xabar yoritildi.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda, Byuroning Koson tuman bo‘limi ish yurituvida Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining 11.06.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Koson tuman yo‘llardan foydalanish UK hisobidan undiruvchi Koson tuman Davlat soliq qinspeksiyasi foydasiga 343 015 873 so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 10.07.2018 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor Koson tuman yo‘llardan foydalanish UKning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma yuborilib, olingan javob xatlariga asosan, qarzdorga tegishli bo‘lgan Koson tuman Yuksalish MFYda joylashgan jami yer maydoni 4 800 kv/m foydali maydoni 105,44 kv/m bo‘lgan qurilish tugallanmagan ko‘chmas mulk borligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu Koson tuman Yuksalish MFYda joylashgan jami yer maydoni 4 800 kv/m foydali maydoni 105,44 kv/m bo‘lgan qurilish tugallanmagan ko‘chmas mulk qonunda belgilangan tartibda xolislar hamda qarzdor Koson tuman yo‘llardan foydalanish UK rahbari ishtirokida xatlangan va tegishli tartibda baholatish uchun davlat ijrochisi tomonidan mutaxassis tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda Qashqadaryo viloyat “Baholash va konsalting markazi” MCHJ tomonidan 554 141 557 so‘mga baholangan.

Koson tuman Yuksalish MFYda joylashgan jami yer maydoni 4 800 kv/m foydali maydoni 105,44 kv/m bo‘lgan qurilish tugallanmagan ko‘chmas mulkni davlat ijrochisi qarzdorning soliq qarzdorligini qoplatish maqsadida Qashqadaryo viloyat “Baholash va konsalting markazi” MCHJning baholash hisobotiga asosan, 27.07.2019 yildagi qarori bilan “E-Ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotish uchun chiqarilgan.

Shundan so‘ng, ushbu mulk Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasining 04.09.2020 yildagi
bayonnomasiga asosan auksion g‘olibi Oltiboyev Musulmon Eshimovich deb topligan va 277 070 778.50 so‘mga sotilgan. Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasi hisobidan kelib tushgan 277.070.778,50 so‘m pul mablag‘lari qarzdorning soliq qarzdorligi uchun yo‘naltirilgan. Shunga ko‘ra, ijro hujjati Qonunning tegishli moddasiga asosan tamomlangan.

Shundan so‘ng, Savdo sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining davlat ijrochisini elektron onlayn savdoni xaqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasiga asosan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining 18.06.2021 yildagi qaroriga ko‘ra, davlat ijrochisining elektron onlayn savdosi xaqiqiy emas deb topilgan.

Bundan tashqari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining 18.06.2021 yildagi ijro qaraqasiga asosan qarzdor “Koson tuman yo‘llardan foydalanish” UKdan undiruvchi Oltiboyev Musulmon Eshimovichga 274.300.070 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Koson tuman bo‘limiga kelib tushgan va shu kuni ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda tomonlarga ma’lum qilingan.

Ushbu ijro hujjati bilan shug‘ullangan Byuroning Koson tumani bo‘limi davlat ijrochisi S.Azimov 27.08.2021 yilda egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, Byuro organlaridan bo‘shatilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor “Koson tuman yo‘llardan foydalanish” UKning bankdagni barcha xisob raqamlariga band solinib inkassa topshiriqnomalari qo‘yilgan va xozirda ijro hujjati yuzasidan qonunda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijro harakatlari davom ettirilmoqda