
Foto: Parlament komissiyasi
Bugun, 30 avgust kuni Qoraqalpog‘iston voqealarini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis komissiyasi va Jo‘qorg‘i Kenges iltimosi bilan, yana 10 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.
Shu kuni avvalroq Bosh prokuratura yana 24 fuqaroning qamoq ehtiyot chorasini insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirgandi. Shu tariqa, oilasi bag‘riga qaytganlar 34 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaga kiritilgan ro‘yxat, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila a’zolari tomonidan komissiyaga qilingan murojaatlarning o‘rganilishi va gumonlanuvchilar bilan shaxsan suhbatlashish asosida shakllantirilgan.
Qoraqalpog‘istonBosh ProkuraturaJamoat KafilligiInsonparvarlik TamoyiliOila A’zolariOliy Majlis O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar