
Majburiy ijro byurosining Bog‘dod tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Rishton tumanlararo sudining 22.12.2020 yilgi qaroriga ko‘ra, qarzdor S.S.dan undiruvchi M.D. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzlarini to‘lamay kelayotgan edi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashlik muqarrar javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi tushuntirilgan holda ogoxlantirish berilgan.
23.08.2022 yil kuni qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, qarzdor S.S. voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 110 mln. so‘m aliment o‘rniga Bog‘dod tumani, Do‘stlik MFY, Oybek kuchasida joylashgan xonadonni undiruvchi M.D. nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirdi va undiruvchi M.D.ning arizasiga asosan ijro hujjati amalda tamomlandi.
Majburiy IjroBog‘dod TumaniAliment UndirishQarzdor M.DIjro HujjatiFarzand Moddiy Ta’minoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar